"Real"da ro‘y bergan Valverde va Tchuameni urushi nima bilan tugadi?
Bahor oylarida futbol jamoatchiligini «Real» ichkarisidagi mojaro haqidagi xabarlar jiddiy hayratga solgan edi. Matbuotda yozilishicha, jamoa kiyinish xonasida Federico Valverde va Orelien Tchuameni oʻrtasida keskin tortishuv kelib chiqqan, urush darajasigacha borgani, hatto urugvaylik yarim himoyachiga tikish qo‘yishga to‘g‘ri kelgani aytilgan. Valverdening oʻzi esa buni rad etib, urish boʻlmaganini, faqat mojaro paytida stolga urilib olinganini ta’kidlagan. Shunga qaramasdan, oʻsha paytda «Real» rahbariyati har ikki futbolchini ham katta miqdorda jarimaga tortgani xabar qilingan edi.
Klubga yaqin manbalarga ega boʻlgan jurnalist Xavier Erraisning ta’kidlashicha, hozir Valverde va Tchuameni oʻrtasida hech qanday muammo qolmagan.
«Men ularning munosabatlari haqida qiziqib so‘radim va ular yaxshi ekani aytildi. Jamoaga yaqin boʻlgan bir inson menga, ular juda yaqin do‘st emas, lekin mojaroni butunlay ortda qoldirishganini aytdi. Ular professional va yetuk futbolchilar, endilikda muammo boʻlmaydi.
Ishonchli manbalar Valverde va Tchuameni barcha kelishmovchiliklarni hal qilganini tasdiqlashdi. O‘ylaymanki, yaqin vaqtlarda ularni yana birga maydonda ko‘ramiz», – dedi Errais SER Deportivos dasturiga bergan intervyusida.

Fikrlar