"Real"dagilar hayratda! Zidan Mourinyoga futbolchidan qanday foydalanishni ko‘rsatib qo‘ydi
Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Zinedin Zidan qo‘l ostida yana Frantsiya terma jamoasiga qaytdi.
«Uch ranglilar»ning yangi murabbiyi havbek uchun yarim himoyada unga mos, qulay pozitsiya topa oldi. Cadena SER xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbariyatiga Zidanning ushbu g‘oyasi juda ma’qul kelgan. «Real»da Joze Mourinyo ham Kamavingadan xuddi shunday uslubda foydalanishi mumkin, degan fikr bor.
Eduardo Kamavinga joriy mavsumda Millatlar ligasida Frantsiya terma jamoasi o‘tkazgan to‘rtta o‘yinning barchasida maydonga tushdi, ularning ikkitasida asosiy tarkibdan o‘rin oldi.
Madrid klubi safida esa 23 yoshli futbolchi bu mavsumda ikki bor asosiy tarkibda maydonga tushgan, yana to‘rtta uchrashuvda zahiradan maydonga kiritilgan.

Fikrlar