"Real" darvozaboni yangi klubga o‘tishi mumkin
"Real" darvozaboni Andrey Lunin La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "OK Diario" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, ukrainalik posbonni "Vilyarreal" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Sariq suv osti kemasi" Lunin uchun "Real"ga 10 million evrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor. "Qirollik klubi" esa futbolchiga munosib o‘rinbosar topilsa, uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Andreyning xizmatlariga "Inter" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 15 million evroni tashkil etadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Lunin 2020 yildan beri "qaymoqranglilar" darvozasini qo‘riqlab keladi. Shu davr mobaynida posbon 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 22 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar