“Real” Endrikni so‘ragan superklublarga javobini aytdi

  • 05.05.2026 06:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining badavlat klublaridan “Chelsi” va “Arsenal” Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Endrikka jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik yosh futbolchi joriy mavsum boshida “Real” asosiy tarkibiga kirishi qiyinlashib ketgani bois,  qishki transferlar oynasi davrida Fransiyaning “Lyon” jamoasiga ijaraga berilgan edi.

“Qirollik klubi” London jamoalari so‘roviga javob qaytarib, rahbariyat 19 yoshli hujumchini sotish variantini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Real” Endrikning qaytishini kutmoqda va u kelasi mavsum uchun rejalarga kiritilgan. Ta’kidlanishicha, hujumchining o‘zi ham jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qat’iy qaror qilgan.

Klub prezidenti Florentino Peres ular jahon futbolidagi eng yaxshi yosh o‘yinchini sotib olganiga ishonch bildirmoqda.

“Lyon” safiga o‘tganidan keyin Endrik barcha turnirlarda 18 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urgan. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bugungi kundagi transfer bozoridagi qiymati 35 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!