"Real" Endrikning keyingi mavsumni La Ligada boshlashini istamoqda
"Real Madrid" rahbariyati Endrikning yangi mavsumni La Ligada boshlashini rejalashtirmoqda. Bu haqida "ESPN" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar "Lyon" safida 5 o‘yinda 5 gol urgan hujumchining ijarа shartnomasini uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmaydi. Qarorga muvofiq, mavsum yakunlangach, u Fransiyani tark etadi.

Shuningdek, "Olimpik" tomonidan rasmiy so‘rov yuborilmagani ta’kidlandi. Biroq hatto bunday murojaat bo‘lgan taqdirda ham, "Real" javobi rad etish tarzida bo‘lishi aytilmoqda.
Fikrlar