"Real" yetakchilari Xabi Alonsoning g'oyalarini qabul qilmagan — manba

  • 14.01.2026 00:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real"da ayrim nufuzli futbolchilar Xabi Alonsoning taktik gʻoyalarini qabul qilmagan. Mutaxassisning Madrid klubi bilan shartnomasi dushanba kuni tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida bekor qilingan edi.

"ESPN" nashrining xabar berishicha, jamoaning yetakchi oʻyinchilari orasida Xabi Alonsoning gʻoyalariga qarshi boʻlganlar ham boʻlgan. Xususan, Vinisius Zhunior, Federiko Valverde va Jud Bellingem murabbiyning qarashlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlamagan.

Qayd etilishicha, Bellingemning murabbiy bilan kelishmovchiligi omma oldida oshkor boʻlmagan. Ilgari yarim himoyachi matbuot bilan muloqotda jamoa ichida muammolar borligini inkor etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!