"Real" etakchisiga uzoq yillik shartnoma taklif qiladi

  • 21 fevral, 2022, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid rahbariyati etakchi futbolchisi Vinisius Juniorga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Klub unga yuqori maosh taklif qilishni ham rejalashtiryapti.

Tecno

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres yangi kelishuvga ko‘ra, braziliyalik yulduzni uzoq yil jamoada olib qolish haqida o‘ylayapti. Futbolchi taxminan 2027 yilga mo‘ljallangan bitimga rozilik bildirishi kutilmoqda.  

Tomonlar hali muzokaralarga kirishgani yo‘q. Biroq tez orada yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlar doirasidagi 34 o‘yinda 16 gol va 10 assist egasiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!