“Real” futbolchilari nega klubdan ko‘ra terma jamoada zo‘r o‘ynayapti?
“Real Madrid” rahbariyati futbolchilarning 2026 yildgi jahon chempionatida oʻz mamlakatlari terma jamoalari safida yuqori saviyada oʻyin koʻrsatayotgani, ammo klubda soʻnggi ikki mavsumda bunday natija qayd etmaganini tushuna olmayapti.
Bu haqida Madrid Zone nashri jurnalist Xose Feliks Diasning maʼlumotlariga tayanib xabar qildi.
Eslatib oʻtamiz, madridliklar 2024/25 va 2025/26 mavsumlarida La Liga, Ispaniya kubogi va UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻla olmagan.
Ayni paytda esa “Real” futbolchilari jahon chempionatida eng sermahsul jamoa vakillari boʻlib turibdi. Ular turnir davomida jami 26 ta golli harakat (gol va assist) amalga oshirgan.

Fikrlar