“Real” futbolchilari Vinisiusning ketishiga ishonagan edi...
Madridning “Real” klubidagi futbolchilar braziliyalik legioner Vinisius Zhuniorning o‘tgan yozda “Arsenal”ga o‘tishini muqarrar, deb hisoblashgan.
Bu haqida Cadena SER xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar kiyinish xonasida braziliyalik futbolchining jamoa bilan munosabatlari juda yaxshi bo‘lishiga qaramay, uning ketishini kutishgan. “Real”da vingerning hozirgi sport formasi unchalik yaxshi emasligi qayd etilgan.
Vinisiusning “Arsenal”ga o‘tishi strategik ahamiyatga ega, deb qaralgan. Angliya Premyer-ligasi Vinisiusni dunyoga o‘zining asosiy yulduzlaridan biri sifatida tanitishni, uning Erling Xoland bilan raqobati esa chempionatning korporativ imijida asosiy mavzulardan biriga aylanishini rejalashtirgan.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, bir gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar