
“Real” futbolchilarining har biriga muhim xabar etkazildi
AQShda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati “Real” futbolchilari uchun yangi bosh murabbiy Xabi Alonso boshchiligidagi ilk turnir bo‘ldi. Madridliklar nufuzli musobaqada yarim finalgacha etib kelib, final yo‘llanma uchun bahsda PSJdan 0:4 hisobida mag‘lubiyat uchradi.
Hozir o‘yinchilar ta’tilda hordiq chiqarmoqda.
Jurnalista Xose Feliks Diasning ma’lum qilishicha, “Real”ning asosiy tarkibidagi barcha futbolchilar yangi mavsumda o‘zlarining rollari bo‘yicha to‘liq ma’lumot oldi.
Ta’til davomidahar bir o‘yinchi Xabi Alonso rahbarligidagi murabbiylar shtabi tomonidan mavsum uchun belgilangan vazifalarni to‘liq o‘rganib chiqishi, o‘zining jamoadagi o‘rni haqida bir to‘xtamga kelishi talab etilmoqda.
Xabi Alonso, ayrim futbolchilar, xususan, Rodrigo Goesga muntazam o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagani yo‘q.
Fikrlar