
“Real” futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Real" himoyachisi Nacho Fernandesh faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin. “El Chiringuito” nashri xabariga ko‘ra, Andalusiya klubi 32 yoshli ispaniyalikning vakillari bilan transfer borasida bog‘lanishgan.
Futbolchining o‘zi "Real"da qolishni istamoqda. Madrid klubi esa Nacho bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Nachoning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. “Trasnfermarkt” portali futbolchining narxini 7 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Nacho “Real”ning barcha musobaqalar doirasidagi 41 bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar