"Real" futbolchisi: "Messi to‘p bilan bo‘lganda, tilim aylanmay qoladi"
Madridning "Real" klubi 18 yoshli argentinalik yarim himoyachisi Franko Mastantuono "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Men dunyoning eng buyuk klubi "Real" muxlisiman, ammo men uchun eng yaxshi futbolchi har doim Messi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U bilan terma jamoada o‘ynashga to‘g‘ri keldi. Ajoyib o‘yinchi. Har safar to‘pga tekkanida, tilim aylanmay qoladi. Hatto u bilan ko‘pdan beri o‘ynayotganlar ham hayratlanishni to‘xtatishmaydi. Men Leodan o‘rganishga harakat qilaman va unga ko‘rsatgan yordami uchun juda minnatdorman", - deb Mastantuononing so‘zlarini keltirdi Football Espania.
Hujumchi 2003-2021 yillarda "Barselona" safida to‘p surgan. Bu vaqt ichida Messi 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 7 marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan va 4 marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.
Joriy mavsumda futbolchi MLS chempionatida klub safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar