"Real" futbolchisi yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin
Madridning "Real" klubi vingeri Lukas Vaskes faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
27 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Arsenal”dan qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida “qirollik klubi” ham uni sotib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Vaskes o‘tgan mavsum “Real” safida La Ligada 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar