"Real" futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegorda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchining COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Shundan so‘ng, Edegor karantinga olingan, “Real”ning qolgan futbolchilari esa yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Edegor 2015 yildan buyon "Real" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida "Xerenven", "Vitess" va "Real Sosedad" klublarida ijarada to‘p surdi.
Fikrlar