"Real" futbolchisini ikki klub kutyapti
18 yoshli yarim himoyachi Tyago Pitarch «Real» tarkibida o‘ynayotgan bo‘lsa-da, Italiya klublari diqqat markazida turibdi.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, yosh ispaniyalik havbekka «Fiorentina» va «Milan» jiddiy qiziqish bildirgan. Manbaga ko‘ra, har ikki jamoa Pitarch bo‘yicha klubdan rasmiy ma’lumot so‘ragan, «Fiorentina» vakillari esa futbolchining agentlari bilan uchrashishga ham ulgurgan. Shu bilan birga, Pitarchga boshqa xorijiy jamoalar tomonidan ham qiziqish bor.
Shunga qaramay, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin’yu hozircha yarim himoyachi bilan hayrlashishga shoshilmayapti. Pitarchning kelajagiga oid yakuniy qaror faqat jamoa yig‘inlari va mashg‘ulotlaridan so‘ng qabul qilinadi.
O‘tgan mavsumda Pitarch asosiy tarkib safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikki marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar