"Real"ga tekin ga keldim, endi ketaman!
Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning qishki transfer oynasida «Real» Madrid tarkibini tark etishi mumkinligi haqida jurnalist Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli futbolchiga Turinning «Yuventus» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turinliklar rahbariyati Silvani mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunda uning maoshining bir qismini «Real» to‘lab berish ehtimoli bor. Bitim amalga oshishi, avvalo, madridliklarning shu shartlarga rozi bo‘lishiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva yozda «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etib, «Real» bilan ikki yillik shartnoma imzolagandi. Hozirda portugaliyalik futbolchining bozor qiymati taxminan 22 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar