Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real"ga Virjil van Deyk kerak

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Mourinyodan chiqqan g‘oya

«Liverpul» jamoasining markaziy himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 35 yoshli niderlandiyalik futbolchini jamoaga olib kelish tashabbusi shaxsan «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyodan chiqqan. Yangi mavsum startonda madridliklar himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotgani aytilmoqda. «Liverpul» bilan van Deyk o‘rtasidagi shartnoma kelasi yozda nihoyasiga yetadi. Football Insider ma'lumoticha, angliyalik klub himoyachi bilan bitimni uzaytirishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Xabarga ko‘ra, van Deykning transferi allaqachon qishki oynada amalga oshishi mumkin. Aks holda, 2027 yil yozida tajribali himoyachi jamoani erkin agent sifatida tark etishi ehtimoli bor.

Joriy mavsumda van Deyk barcha musobaqalarni hisobga olgan holda olti uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q