"Real" Garsiyaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q

  • 8 iyul, 02:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hali ham 21 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiyaning kelajagi borasida aniq qarorga kelgani yo‘q. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Tecno

Yosh forvard Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi — 5 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. Shunga qaramay, Garsiyaning asosiy tarkibda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mushkul, bu paytda esa unga transfer bozorida talab ortib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi"Ning rahbariyati futbolchi bilan muzokaralarni KO‘JChdan so‘ng o‘tkazishni rejalashtirgan. Oxirgi qaror hali qabul qilinmagan.

Avvalroq turli manbalarda bir-biriga zid ma’lumotlar tarqalgan edi — ba’zilar "Real" Garsiyani jamoada qoldirmoqchi, deb xabar qilgan bo‘lsa, boshqalar uni yozda sotish ehtimoli haqida yozgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!