“Real”: Gvardiola ketdi, endi Xolandni olsak bo‘ladi

  • 28.05.2026 09:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ispaniya klubi Xosep Gvardiola “shaharliklar” boshqaruvini tark etganidan keyin norvegiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni kuchaytirishi  kutilyapti.

Bu haqida The Sun nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Real” rahbariyati dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylay boshlasa, har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayyor. Aytilishicha, Gvardiolaning ketishi rasmiy e’lon qilinishidan oldin ham Xoland jamoadagi rolidan norozi bo‘lgan.

Biroq har qanday ehtimoliy kelishuv juda murakkab bo‘ladi. 2025 yil yanvar oyida norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti” bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Shunga qaramay, Ispaniyadagi manbalar murabbiy almashishi futbolchining kelajak rejalariга jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblamoqda. Agar Xoland “Manchester Siti”ni tark etishga qaror qilsa, “Real” unga jozibali shartlar taklif qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!