“Real” Gvardiolaning sevimli oʻyinchisiga qiziqmoqda

  • 06.02.2026 16:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Manchester Siti"ning 25 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Ammo "shaharliklar" tarbiyalanuvchini sotishni istamayapti va u bilan "umrbod shartnoma" tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Sports Boom uchun jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, agar ingliz klubi kutilmaganda Fodanni sotish bo‘yicha muzokaraga kirishsa, u holda boshlang‘ich narx 180-200 mln evroni tashkil qiladi. "Qaymoqranglilar" Foden va Jud Bellingem o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikni kozir sifatida ko‘rmoqda.

"Manchester Siti" safida Foden barcha musobaqalarda 353 ta o‘yin o‘tkazib, 110 ta gol va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 80 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!