“Real” himoyachisi A seriya klubiga o‘tishi mumkin
"Latsio" klubi "Real" himoyachisi Mario Gilaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 21 yoshli ispaniyalikni 5 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. “Transfermarkt” portali Marioni 500 ming evroga baholagan.
Hozircha, rimliklar futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Qolaversa, unga "Xetafe", "Selta" va "Sassuolo" ham da’vogarlik qilayotgani haqida ma’lumotlar bor.
2021/22 yilgi mavsumda Gila "Real" yoshlar jamoasi "Kastilya" tarkibida 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar