"Real" himoyachisi bu yil boshqa maydonga tusholmasligi mumkin

  • 02.10.2019 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes joriy kalendar yilida boshqa maydonga tusholmasligi mumkin.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda 29 yoshli futbolchining o‘ng tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqqan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Nacho taxminan 2,5 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi. Agar hammasi kutilganidek kecha u dekabr oyi o‘rtalarida safga qaytadi. Aks holda esa uni joriy 2019 kalendar yilida boshqa maydonda ko‘rmaymiz.

Ma’lumot uchun, Nacho joriy mavsum "Real" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!