"Real" himoyasiga Turkiyadan taklif tushdi
"Real" markaziy himoyachisi Raul Asensio yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin. "Beshiktosh" ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
"Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, turk klubi "qirollik klubi" akademiyasi bitiruvchisi uchun 20 million yevro sarflashga tayyorligini bildirgan. Avvalroq Madrid jamoasi futbolchiga umid bog‘lamagani va takliflarga ochiq ekanligi haqida xabar berilgan edi.
"Transfermarkt" Raul Asensioning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Bu mavsumda 23 yoshli futbolchi Madrid jamoasi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatma bergan.

Fikrlar