"Real" hujumchisi APLga yo‘l olishi mumkin

  • 19.11.2025 18:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"ning ispaniyalik forvardi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Daily Mail Sport" xabariga ko‘ra, hujumchini "Brayton" klubi ijaraga olmoqchi. Shuningdek, 21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Lids" va "Sanderland" klublari ham qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" o‘z tarbiyalanuvchisini 20 million evroga sotish ehtimoli bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Garsiya Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta gol bilan, musobaqa to‘purarligini qo‘lga kiritgan edi. 

Ma’lumot uchun, ispaniyalik hujumchi joriy mavsumda umumiy 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!