"Real" hujumchisi bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 08.08.2025 01:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" o‘z tarbiyalanuvchisi Gonsalo Garsiya bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. 21 yoshli hujumchi yaqinda asosiy jamoaga olib chiqilgan edi.

"AS" nashrining xabar berishicha, yangi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi. E’tiborli jihati — o‘yinchining tovon puli 1 milliard evroga oshiriladi - hozirgi shartnomasida bu summa 50 million evro deb belgilangan edi.

Garsiyaning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qilgan harakatlaridan so‘ng Angliya Premer-ligasining ko‘plab grand klublari jiddiy qiziqish bildirib, taklif bilan chiqishga ham tayyor edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Klublar o‘rtasidagi JChda Gonsalo 4 ta gol va 1 ta assist bilan ishtirok etib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!