"Real" hujumchisi koronavirusdan sog‘aydi

  • 03.12.2020 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Luka Yovich ikki haftalik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytishga tayyor.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, serbiyalik futbolchi koronavirusdan to‘liq sog‘aygan va jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. U yaqinlashib kelayotgan shanba kuni “Sevilya”ga qarshi markaziy o‘yinda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Yovich joriy mavsum “Real” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!