"Real" hujumchisi qishda Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik qishki transferlar oynasida Frantsiyaning "Marsel" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchiga vaziyatni kuzatayotgan bir qator nomi oshkor etilmagan klublar ham qiziqish bildirmoqda. Hujumchi "qaymoqranglilar" safidagi so‘nggi o‘yinini 18 may kuni "Sevilya"ga qarshi (2:0) o‘tkazdi. O‘shanda jamoani poytaxt jamoasining sobiq ustozi Karlo Anchelotti boshqargan. Shundan so‘ng, futbolchi tizza osti payidan jarohat olib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va joriy mavsum startida ishtirok eta olmadi.
Endrikning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar