
“Real” ilk bor futbolchi qiz bilan shartnoma tuzdi
“Real” jamoasi rasman xotin-qizlar jamoasini tashkil qildi va bu jamoa kelasi mavsumdan musobaqalarda qatnasha boshlaydi.
Madrid klubi Ispaniya futbol federatsiyasiga topshirilgan hujjatlarga ijobiy javob kelganini ma’lum qildi.
Shu tariqa, “Real” tarixida ilk marotaba ayollar jamoasi tashkil etildi.
Jamoa birinchi transferini ham amalga oshirdi. Unga ko‘ra. Shvetsiya terma jamoasi a’zosi Kosovare Aslani madridliklar sharafini himoya qiladi. Bu futbolchi o‘z vaqtida "Manchester Siti" va PSJda o‘ynagan.
Fikrlar