"Real" jamoasi Rafael Nadalni tabrikladi

Madridning "Real" futbol klubi ispaniyalik Rafael Nadalning Frantsiya ochiq chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan tabrikladi.

"Jamoamizning faxriy a’zosi Rafael Nadal tennis tarixi zarvaraqlarida o‘z izini qoldirmoqda. U "French Open"ning 12 karra g‘olibi bo‘ldi. Rafa biz seni tabriklaymiz! Sen eng yaxshisan" - deb yozadi klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rafael Nadal "Rolan Garros" musobaqasida barcha raqiblarini engib, qatorasiga uchinchi bora mazkur turnir g‘olibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!