"Real" Karvaxalning jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

  • 6 oktabr, 2024, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxalning Ispaniya chempionati 9-turida "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi uchrashuvda olgan jarohati borasida rasmiy bayonot berdi.

“O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng Dani Karvaxalda xochsimon bog‘lam, tashqi tayanch bog‘lam va o‘ng oyog‘ining son payi yirtilgani aniqlandi. U yaqin kunlarda operatsiya qilinadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

"Vilyarreal" bilan o‘yinda Karvaxal raqib jamoa vingeri Yeremi Pino bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng darhol og‘riqdan baqirib yubordi. Ispaniyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!