«Real» klubi APL jamoasi bilan kelishmovchilikka uchradi
Madridning «Real» klubi va Londonning «Fulham» jamoasi yarim himoyachi Gonsalo Garsiya transferi yuzasidan muzokaralarda murakkablikka duch keldi.
Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi «Fulham» futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilgan. Biroq madridliklar bu miqdorni yetarli deb hisoblamayapti va Garsiya uchun «ancha yuqori to‘lov» kutayotgani aytilmoqda. Bu haqida jurnalist Arancha Rodriges xabar berdi.
Avvalroq Gonsalo Garsiyaga La Liganing bir qator o‘rta pog‘onadagi klublari ham qiziqish bildirgani ma’lum qilingan edi.

Fikrlar