"Real" klubi rahbariyatining bu futbolchidan hafsalasi pir bo‘ldi

  • 07.02.2026 18:04
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Madirdning "Real" klubi rahbariyati Kenan Yildiz "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirganiga undan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu haqida "The Touchline" xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, turkiyalik futbolchi yaqinda turinliklar bilan 2031 yilgacha shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgani ma'lum bo‘lgandi. Ma'lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" Vinisius jamoadan ketadigan bo‘lsa, Yildizni uning o‘rniga munosib nomzod deb bilgandi. Madirdliklar bu haqida turkiyalik futbolchining yaqinlariga ham ma'lum qilgan, biroq Turin klubida eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo‘lish taklifi vingerga yoqib tushgan.

Ma'lumot uchun, Kenan joriy mavsum "Yuventus" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!