“Real” Konate bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi

  • 08.06.2026 18:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohim Konate Madriddning "Real" klubi bilan shartnoma imzoladi. RMC Sport nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030 yilning yozigacha amal qiladi.

Konate 7 iyun, yakshanba kuni o‘z lavozimiga qayta saylangan klub prezidenti Florentino Peresning saylovoldi kampaniyasida va’da qilingan transferlardan biri edi. Himoyachi shartnoma muddati tugagandan so‘ng (2026 yil 30 iyun) erkin agent sifatida "Liverpul"ni tark etadi.

Hozirda Konate Frantsiya terma jamoasida bo‘lib, 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!