“Real” ko‘pincha bosh bilan gol uradigan antiqa hujumchi olyapti

  • 17 yanvar, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati asosiy tarkibga kirolmasdan, ijaraga berib yuborilgan Luka Yovich o‘rniga ajoyib futbolchini oladigan bo‘ldi.

Tecno

Madridliklar ayni paytda “Real”ning ikkinchi jamoasida o‘ynayotgan Ugo Duroga imkoniyat bermoqchi. 21 yoshli hujumchi “Kastilya”ning ettita o‘yinida besh bor to‘p kiritdi. Gollardan to‘rttasini boshi bilan urgan.

Aslida Ugo Duro “Xetafe” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va madridliklar tarkibida ijara asosida o‘ynamoqda. “Qirollik klubi”da yozda Ugoni to‘liq transfer qilish huquqi bor. Ular shundan foydalanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!