"Real" Kurtuaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuani almashtirish haqida o‘ylay boshladi.
Belgiyalik golkiper 2027 yilda jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi. Peres uning o‘rniga ukrainalik darvozabon Andrey Lunin o‘ynashini istamoqda.
El Nacional xabariga ko‘ra, Kurtua faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Lunin birinchi raqamli bo‘lishining asosiy sharti - 2027yilgacha zahira futbolchisi bo‘lib qolish. Agar ukrainalik futbolchi ham jamoada qolmasa, unda "Real" Angliyaning "Brayton" klubidan Bart Verbryuggenni sotib olishni variantini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar