"Real" Kvaratsxeliya uchun 150 million yevro tayyorlamoqda
PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini boshqa Yevropa grandida davom ettirishi mumkin.
Teamtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, gruziyalik futbolchiga Madriddning "Real" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" rahbariyati 24 yoshli vinger transferi uchun 150 million yevro ajratishga tayyor ekani aytilmoqda.
Kvaratsxeliya 2025/26 yildagi mavsumda Parij klubi safida 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Xvicha Kvaratsxeliyning bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar