"Real" "Liverpul" yulduziga qiziqish bildirmoqda!

  • 08.03.2026 15:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makkalister "Real Madrid"ning diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Liverpul" argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. "Real" Jahon chempioniga jiddiy qiziqmoqda. "Qirollik klubi" bu yozda futbolchini sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Makkallister barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksisning qiymati 85 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!