"Real" "Liverpul"ning yana bir futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 25 yanvar, 10:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibrohim Konate "Real Madrid"ning transfer maqsadi hisoblanadi.

Tecno

"Qizillar" hali ham fransiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamagan, shu bilan birga, uning amaldagi bitimi bir yarim yildan kamroq vaqt ichida yakunlanadi. "CaughtOffside" xabariga ko‘ra, bu vaziyatdan "Real" foydalanishi mumkin, va 25 yoshli futbolchini o‘z transfer maqsadlari ro‘yxatiga qo‘shgan. Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" shuningdek, ushbu yozda shartnomasi tugaydigan Trent Aleksandr-Arnoldni ham o‘z safiga qo‘shmoqchi.

Ibrohim Konatega da’vogarlar qatorida PSJ ham bor. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!