
"Real Madrid" Anchelotti qo‘l ostida rekordlar sari odimlamoqda
Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi "Real Madrid" Ispaniya chempionatida naqd 39 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti.
“Alaves” ustidan 3:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin Anchelotti 1979-1980 yillar oralig‘ida "Real Sosedad" qo‘l ostida ketma-ket 38 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan Alberto Ormechaning rekordini ortda qoldirdi.
Qayd etish kerakki, “Real Madrid”ning bu g‘alabali odimlari La Ligadagi ikkinchi eng uzun rekord hisoblanadi. Birinchi o‘rinda esa, "Barselona" bormoqda. Kataloniyaliklar 2017-2018 yillar oralig‘ida 43 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan. Ammo bu vaqt mobaynida jamoani ikkita murabbiy Luis Enrike va Ernesto Valverde boshqargan.
Fikrlar