"Real Madrid" futbolchilari EChLda poker amalga oshirganida yakunda klub qanday natijalar qayd etgan?

  • 29.11.2025 14:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Evropa Chempionlar ligasida "qirollik klubi" futbolchilari poker qayd etganda yakunda jamoaning natijalari qanday bo‘lgan edi?

Madridliklarning EChLda ilk bor poker muallifi bo‘lgan futbolchi, jamoa afsonasi Alfredo Di Stefano hisoblanadi. U 1957-58 yilgi mavsumda "Sevilya"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yadi. Mavsum yakunida esa "qaymoqranglilar" UEFA Chempionlar kubogida g‘alaba qozonadi.

1958-59 yilgi mavsumda ham aynan Di Stefano yana poker qayd etadi. Bu safargi raqib esa Avstriyaning "Viner" klubi edi. Musobaqa yakunida "qirollik klubi" turnir bosh sovrini qo‘lga kiritadi.

Oradan 1 yil o‘tib yani 1969-60 yilgi mavsumda "Real"ning vengriyalik forvardi Ferents Pushkash "Ayntraxt" darvozasiga 4 to‘p kiritadi. Mavsum so‘ngida esa ispan grandi yana musobaqa bosh sovrinini boshi uzra baland ko‘taradi.

1965-66 yilgi mavsum Chempionlar kubogida yana o‘sha Pushkash poker qayd etadi. "Feyenord"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin Pushkashning benefisiga aylangan edi. Bu gal ham "Real" turnirda g‘oliblikni tantana qilgan edi.

Yangi nom ostida o‘tayotgan turnirda birinchi pokker qayd etgan "Real Madrid" futbolchisi esa Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U 2015-16 yilgi mavsumda portugaliyalik strayker "Malmyo" bilan o‘yinda o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan. O‘sha mavsumda ham "qirollik klubi" mavsumni EChL g‘olibligi bilan yakunlagan edi. 

Joriy mavsumda esa Kilian Mbappe "Olimpiakos"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda poker qayd etdi.  Agar an’ana davom etsa, "qaymoqranglilar" joriy mavsumda ham chempionlikni tantana qilishi kerak.

Madridliklar joriy mavsum EChLning 5-turidan so‘ng 12 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!