"Real Madrid" muxlislari o‘z jamoasi futbolchilarini hush­tak bilan qarshi oldi

  • 15.05.2026 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" oʻz maydonida "Oviedo"ni qabul qilmoqda (0:0). La Liga 36-tur uchrashuvining birinchi boʻlimi davom etmoqda.

AS nashriga koʻra, muxlislar futbolchilarga nisbatan hushtakni ilk daqiqalardanoq boshlab yuborishgan — hatto mashgʻulotlar paytida ham.

Stadion 10 foizdan kamroq toʻlgan vaqtda, tribunalar Tibo Kurtua va boshqa darvozabonlar maydonga chiqqanida hushtak bilan munosabat bildirgan. Keyinroq, jamoaning qolgan futbolchilari ham chiqqanda va stadion 30 foizdan kamroq toʻlgan paytda ham hushtaklar kuchaygan.

Oʻyin boshlanishidan oldin tarkib eʼlon qilinganda, muxlislar futbolchilarning familiyalarini qichqirish oʻrniga hushtak chalishgan. Eng kuchli reaksiya Kilian Mbappega nisbatan kuzatilgan.

Oʻyin boshlangach, Vinisius Junyor toʻpni qabul qilgan har safar tribunalaridan hushtak ovozlari eshitilgan.

Shuningdek, muxlislar "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan ham tortishib qolishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!