«Real Madrid» qiyinchilik bilan «Fenerbaxche»ni engdi

CHERY AUTO

Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 15-turida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasiga qarshi bahs olib bordi. «Ulker Sports Arena» saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda «Real Madrid» mezbonlarni 79:77 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ispaniya jamoasi safida o‘ynagan Luka Donchich uchrashuv davomida 20 ochkoga erishdi.

Latviyaning «Jalgiris» jamoasi o‘z maydonida Gretsiyaning «Olimpiakos» klubini 74:68 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Makkabi FOX» (Isroil) esa «Unikaxa» (Ispaniya)ga 78:89 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, Ispaniyaning «Valentsiya»si ushbu turda Gretsiyaning «Panatinaikos» jamoasini 67:63 hisobida engdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!