"Real Madrid" yana ikki futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 29 iyul, 2024, 10:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi "Liverpul"dan Trent Aleksandr-Arnold va "Bavariya" himoyachilaridan biri Alfonso Devislarni tekinga qo‘lga kiritmoqchi, deya xabar berdi insayder Matteo Moretto.

Manbaga ko‘ra, "Los-Blankos" 2025 yilning yozida erkin agentga aylanuvchi ikki futbolchini tarkibga qo‘shib olish niyatida. Avvalroq, "Bavariya" Devis bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagani, "Liverpul" esa Trentga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

O‘tgan mavsumda Aleksandr-Arnold 37 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Devis esa 42 marotaba maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!