"Real Madrid"ni argentinalik murabbiy boshqarishi mumkin

  • 17.04.2026 03:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi bosh murabbiylik lavozimiga Lionel Skaloni nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

El Desmarque nashri ma’lumotiga ko‘ra, madriddliklar Maurisio Poçettino, Zinedin Zidan, Jozé Mourinyo, Yurgen Klopp va Didye Desham bilan bir qatorda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Skalonini ham variant sifatida muhokama qilmoqda.

Argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi joriy yil oxirida yakunlanadi, biroq u Argentina futbol federatsiyasi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. U terma jamoada qolishni xohlamoqda, ammo boshqa takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga, "Real" hozircha bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o‘rniga aniq nomzodni belgilamagan. Poçettino va Desham muhokama qilingan, Klopp va Zidan esa yuqori baholansa-da, ularning kelish ehtimoli past deb hisoblanmoqda.

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" yaqinda "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lib (3:4, birinchi o‘yin — 1:2), Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. La Ligada esa madriddliklar 2-o‘rinda bormoqda va yetakchi "Barselona"dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!