"Real Madrid"ning yosh futbolchisi uchun "Nyukasl Yunayted" xaridor bo‘lmoqda

  • 31 iyul, 2024, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning "Nyukasl Yunayted" jamoasi "Qirollik klubi"ning yosh iste’dodli o‘yinchisi Arda Gyuler uchun taklif bilan chiqmoqda. "Zag‘izg‘on"lar hozir turkiyalik hujumkor yarim himoyachi uchun 67 million evro taklif bilan chiqishni rejalashtirgan. Bir necha kun oldin futbolchiga "Bayer Leverkuzen" va "Liverpul" klublari katta qiziqish bildirayotgan edi. 

Tecno

"Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni "Milan"ga qarshi uchrashuvdan oldin Karlo Anchelotti intervyusida bizni yozgi transferlar oynasida jamoani hech kim tark etmaydi, deb aytib o‘tdi. Bundan tashqari Gyuler ham "Los-Blankos"da tarix yozmoqchi ekanligini oldin ham aytib o‘tgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli turkiyalik hujumkor yarimhimoyachi "Qirollik klubi" safida 10 ta uchrashuvda harakat qilib, 6 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!