"Real" "Manchester Siti" yulduzi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor

  • 05.10.2022 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi o‘z tarkibini “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanselu bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"Qaymoqranglilar"ning 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi avvalroq xabar qilingandi. "Diario AS " nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Real Madrid" Kanseluni sotib olish uchun 40 milliondan 50 million evrogacha mablag‘ sarflashga tayyor. Transfer 2023 yilning yozida amalga oshishi mumkin.

Joau Kanseluning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali har ikki qanotda o‘ynay oladigan vingerning narxini 65 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda futbolchi “shaharliklar” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!