“Real” mashg‘ulotlaridagi eng zo‘r va eng yomon o‘yinchi nomini aytildi
Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl jamoa mashg‘ulotlari paytidagi eng yaxshi va eng yomon o‘yinchilar nomini aytdi.
- Luka Modrich va Toni Kroos hech qachon to‘pni yo‘qotmasdi, Isko ham huddi shunday edi. Isko katta maydonda, ehtimol, biroz qiynalgardir, ammo kichik maydonlardagi o‘yinlarda hammasi boshqacha edi.
U men ko‘rgan futbolchilar ichida Zinedin Zidanga eng ko‘p o‘xshaydigan o‘yinchi.
Jamoa mashg‘ulotlarida eng yomon futbolchi Eden Azar bo‘lgan. “Chelsi”dagi yigitlar ham huddi shuni aytishardi.
U to‘pig‘ini jarohatlab olgan va shundan keyin to‘liq tiklana olmagan, - dedi Garet Beyl.
Garet Beyl 2013–2022 yillarda “Real” tarkibida o‘ynagan. Madridliklar safida yarim himoyachi uch marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, mamlakat kubogida g‘alaba qozongan va besh marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar