"Real" Mbappe epizodidan keyin penalti berilmaganidan norozi bo'ldi
Madridning "Real" klubi La Liganing 31-turida "Jirona"ga qarshi oʻyinda (1:1) bosh hakamning penalti belgilamaslik qaroridan norozilik bildirdi.
Ikkinchi boʻlimda hujumchi Kilian Mbappe raqib himoyachisidan zarba olib, jarima maydonida yerga yiqilgan. Fransuz futbolchisining yuzi qonga belangani sabab unga tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Biroq VAR tizimi epizodni qoʻpol qoida buzilishi sifatida koʻrmagan va penalti belgilanmagan. "Madrid Xtra" maʼlumotiga koʻra, hakamlar Mbappening qonga belangan holati tasvirlangan suratlarni faqat oʻyindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda koʻrishgan.
"Qaymoqranglilar" ushbu vaziyatdan juda norozi boʻlgan. Shuningdek, ertasi kuni "Barselona" "Espanol"ni magʻlub etib, La Liga jadvalida yetakchiligini mustahkamladi va "Real"dan 9 ochko oldinga chiqib oldi.
Fikrlar