
“Real” Mbappe masalasini hal qildi
Ispaniyaning Marca nashri “Real” va Kilian Mbappe munosabatlariga oydinlik kiritdi. Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar frantsiyalik to‘purarni bir yildan keyin erkin agent sifatida o‘z safiga bepul qo‘shib oladi.
“Qirollik klubi” rahbariyati PSJ va Mbappe atrofidagi vaziyatni xotirjam kuzatmoqda. Ma’lumki, 24 yoshli o‘yinchi parijliklar bilan shartnomani 2025 yilning yozigacha uzaytirmasligini e’lon qilganidan keyin klub xo‘jayinlar uni sotish harakatiga tushib qoldi.
Xaridorlar orasida “Real” nomi ham keltirildi. Biroq, bu transfer 250 million evroga tushishi madridliklarni qoniqtirmadi.
“Real” rejasiga ko‘ra, klub mutasaddilari 2024 yilning yanvar oyida Kilian Mbappening shaxsiy shartnomasi bo‘yicha muzokara boshlaydi. Kelishuv amalga oshganidan keyin mohir to‘purar yozda Madridga yo‘l oladi.
Fikrlar