
“Real” Mbappe va Bellingemni tashlab ketadigan bo‘ldi
“Real”ning mashhur yulduzlari – Kilian Mbappe va Jud Bellingem jamoaning AQSh bo‘ylab turnesida ishtirok etmaydi. Ular Evropa chempionatida ishtirok etgani uchun “Qirollik klubi” salomatligini tiklab olish uchun vaqt berdi.
Bundan tashqari, AQShda tashkil etilayotgan xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida mavsumni kech yakunlagan bir qator etakchi o‘yinchilar ham qatnashmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dani Karvaxal, Ferlan Mendi, Orelen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Federiko Valverdega ham qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi.
The Athletic nashrining yozishicha, Kilian Mbappe va Jud Bellingem avgust oyining o‘rtalariga belgilangan UEFA Superkubogi uchun bo‘ladigan bellashuvda maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kerak. Bo‘lajak bellashuvda madridliklar Evropa Ligasi g‘olibi “Atalanta” bilan kuch sinashadi.
Karlo Anchelotti jamoasi oldiga o‘zlari qatnashadigan barcha turnirlarda g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Fikrlar